Xalqaro avtobus qatnovlari vaqtinchalik toʼxtatildi

Transport vazirligi bayonotiga koʼra, noqulay ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, yoʼlovchi tashuvlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʼzbekistondan xalqaro yoʼnalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yilning 13-yanvaridan vaqtinchalik toʼxtatildi.
Ma'lum qilinishicha, qoʼshni Qozogʼiston va Rossiyada kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli yoʼllarda muzlamalar hosil boʼlib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yoʼlovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda.






