Xalqaro bilim ko'rsatgichlarida yuqori baholanayotgan Oliy ta'lim maskani

Doimiy kuzatuvchilarimiz uchun yangilik emas, Bright Uzbekistan loyihasi jamoasi, ko'plab davlat tashkilotlari va yetakchi korxonalar rahbarlari bilan birga, ta'lim yo'nalishida faoliyat olib boruvchi bilim maskanlari bilan ham muntazam ravishda yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatib borishga intiladi.

Bugun xalqaro loyiha jamoasi ana shunday bilim maskanlaridan biri, yurtimizning yetakchi iqtisodchilarini yetishtirib chiqqan hamda xaqli ravishda eng ilg'or Oliy ta'lim dargoxi faxriy unvoniga mos bo'lgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog'ida ta'lim dargohi rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga xalqaro loyiha
asoschisi Davron Abdullayev tomonidan jurnalning qisqa taqdimoti o'tkazildi.
Shundan so'ng, har ikki tomondan manfaatli nuqtalar borasida ijobiy muzokaralar davom etdi.

Hususan, universitetning xalqaro loyihalari ko'plab yoshlar uchun qiziq va bu borada ta'lim dargohi o'z loyihalarini keng ommaga yoritishdan manfaatdor bo'lsa, uning xalqaro maydondagi imidji borasida takliflarni ishlab chiqish, buning natijasida Yangi O'zbekistonning imidjiga hissa qo'shish loyiha jamoasiga ham birdek qiziq.