Xalqaro iqtisodiy forum: samarali hamkorlik poydevori

Bugun, 5-oktabr kuni Toshkentdagi "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida Dzyudo Jahon Chempionati doirasida "Xalqaro iqtisodiy forum" o'tkazildi.

Mazkur forumga O'zbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov moderatorlik qildi.

Shuningdek tadbirda, Bosh vazir o'rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo'djayev, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov nutq so'zladilar.

Forum ishtirokchilari o'z nutqlarida O'zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatiga, ta'lim, sport, IT, energetika, import-eksport va investitsiya rivojiga alohida e'tibor qaratib, qator yutuqlar va kelgusidagi mamlakatlar hamda kompaniyalararo hamkorlik rejalari haqida ma'lumot berdilar.

Shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer o'z nutqida ta'kidlashicha, sport xalqaro aloqalar ravnaqi hamda mustahkam do'stlik munosabatlari uchun ko'prik vazifasini o'tovchi vosita sifatida xizmat qiladi.

Yirik xalqaro iqtisodiy forum doirasida panel sessiya hamda xorijiy va mahalliy ishbilarmon doiralari vakillari uchun B2B va B2G formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.