Xalqaro kompaniyalarni jamlagan loyiha

Navbatdagi taqdimot, Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni a'zosi, Özgüven qurilish kompaniyasi ta'sischisi, Turkiya-O'zbekiston biznes kengashi raisi Özgür Onur Özgüven janoblariga bo'ldi.
Qurilish - yurtimizda keskin rivojlanayotgan va katta investitsiyalar oqimini jalb qilayotgan yo’nalishlardan biri. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu sohanining rivojiga hissa qo‘shish maqsadida qator davlatlardan yirik kompaniyalar va mutaxassislar jalb qilindi.
Shunday kompaniyalardan biri, O‘zbeksitonda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan, investitsiya kiritayotgan hamda NestOne osmono'par binosining qad rostlashiga sabab bo’lgan Özgüven kompaniyasidir.
Davron Abdullaev boshchiligidagi Bright Uzbekistan jamoasi Özgüven ta'sischisi Özgür Onur Özgüven bilan uchrashib Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini taqdim etdi.
Uchrashuv davomida kelgusi hamkorlik rejalari hamda Turkiyaga bag'ishlanadigan 2-son jurnali haqida fikr mulohazalar almashinildi.






