Xalqaro moliya markazlarining xar bir davlat uchun foydasi

Bright Uzbekistan loyihasining ikkinchi soni doirasida ilk intervyu Xalqaro moliya markazlarining Jahon Alyansi boshqaruv direktori Doktor Yohen Biedermann bilan bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida Xalqaro moliya markazlari, ularning kelib chiqish tarixi hamda markazlarni jam qilgan Alyans haqida so'z bordi. Shu o'rinda Doktor Biedermann o'z tajribasiga tayangan holda yurtimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan, O'zbekiston Respublikasi Strategik Rivojlanish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan Toshkent Xalqaro Moliya Markazini raqobatbardosh bo'lishi uchun qanday qadamlarni bosib o'tishi kerakligi haqida so'z yuritdi.

"Xalqaro moliya markazini, xalqaro aeroportga o'xshataman. Chunki bunday aeroportlar dunyo standartlariga javob beradi, bunday aeroportga millionlab odamlar uchib keladi va uchib ketadi. Shu o'rinda mehmonlarga yuqori darajada xizmat ko'rsatiladi. Ana endi mahalliy aeroportga solishtirsak, bazida hatto pasport ham tekshirilmaydi. Xalqaro moliya markazlari ham huddi shunday, ular xar bir davlatda bo'lishi lozim" - deya tushuncha berdi Yohen Biedermann.

Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev, Doktor Biedermannga loyiha mazmun mohiyati haqida qisqa so'zlab, mazmunli suhbat uchun tashakkur bildirdi.

Intervyuni to'liq shaklini tez kunda bizning sahifalarimizda ko'rishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!