Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tanlov e’lon qilindi

UNICEF, UNDRR va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shiq va musiqalar tanlovi e’lon qilindi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishning global madaniyatini rivojlantirish maqsadida 13-oktabr Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb belgilangan. Shu munosabat bilan tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shiq va musiqalar tanlovi e’lon qilindi.
Bosh mavzusi "Bardoshlilik haqida kuylang" deya nomlangan tanlovda kuylash qobiliyatiga ega bo‘lgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin.
Tanlov shartlari quyidagicha:
qo‘shiqlar maksimal ikki daqiqa davom etishi;
mp3 formatda yuborilishi; (qo‘shiq matnlarini MS Word formatida yuboriladi)
ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lishi;
"Barcha uchun erta ogohlantirish va erta harakat" satri mavjud bo‘lishi;
videoklip taqdim etish (ixtiyoriy).
Bolalar va yoshlarning musiqa tanlovida ishtirok etishlari yuqori rag‘batlantiriladi.
Barcha materiallar elektron shaklda 2022-yil 30-sentabrgacha mismoilov@unicef.org manziliga yuborilishi kerak. Tanlangan ariza 2022-yil 10-oktabrda e’lon qilinadi va g‘olib elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
G‘olibning qo‘shig‘i UNICEF, UNDRR veb-saytlari va ijtimoiy media kanallarida e’lon qilinadi. Bundan tashqari, saralangan nomzodlar Toshkent shahrida Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga taklif qilinadi (vaqt va joy g‘oliblarga e’lon qilinadi) hamda g‘oliblarga tashakkurnomalar topshiriladi.






