Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan bir guruh xotin-qizlar taqdirlandi

15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni.

Bugungi kunda dunyoning koʼplab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.
«Yaylov xoʼjaligini rivojlantirish» uyushmasi tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar «Qishloq ayoli kuni» munosabati bilan uyushma raisining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʼa bilan taqdirlandilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi yigʼilishida qishloq ayollarining, shu jumladan, tub aholining qishloq xoʼjaligini va qishloq tumanlarini rivojlantirishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq joylarda kambagʼallikni yoʼqotishdagi roli tan olinib, 15 oktyabrь - Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman eʼlon qilingan. Ushbu bayram ilk marta 2008-yil 15-oktyabrda nishonlangan.