Xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmalari

2021 yil 28-30 iyun kunlari Toshkent shahrida "Uzbekistan Agrotech Expo-2021" respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar XV xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazma-savdosi, "Uzbekistan Agromash Expo–2021" qishloq xo'jaligi texnikasi va mashinalarining IX xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazmasi, shuningdek "AgroExpo Uzbekistan 2021" bo'lib o'tadi. Mazkur ko'rgazmalar "O'zekspomarkaz" Milliy ko'rgazma kompaniyasining 1 va 2-pavilonlarda, 1-Atrium zalida va ochiq maydonlarda bo'lib o'tadi.

Ko'rgazma xorijiy bozorlarda yuqori raqobatbardoshlikka ega bo'lgan sifatli hamda eksportga yo'naltirilgan mahalliy mahsulotlarning keng assortimentlarini taqdim etish, respublikaning sanoat salohiyatini namoyish etish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida o'tkazishga mo'ljallangan.

Ko'rgazma davomida mavzuga oid bo'limlarga muvofiq seminar va taqdimotlar tashkil etiladi:

Muzlatish texnologiyasi;

Chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun texnologiya va uskunalar;

Go'sht va baliqlarni qayta ishlash;

Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;

Non va makaron ishlab chiqarish;

Energiya o'rnini bosuvchi mahsulot.

Ko'rgazmani xalqaro miqyosda qo'llab-quvvatlash Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi vazirligi, Rossiya federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi (qishloq xo'jaligi vazirligi) va DLG-Germaniya qishloq xo'jaligi jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.

O'zbekistonda ko'rgazma ilk marotaba gibrid formatda o'tkaziladi. Onlayn platformada tadbir mehmonlari АО НВК Узэкспоцентр ba'zi eksponentlar echimlari va mahsulotlar bilan oldindan tanishishlari va ko'rgazma davomida to'gridan-to'g'ri uchrashuv tashkil etishlari mumkin bo'ladi.

Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish iyun oyining boshida ochiladi.

Batafsil ma'lumot uchun - "O'zekspomarkaz" AJ yoki uzexpocentre@gmail.com elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, quyidagi telefon raqamlari yordamida sizni qiziqtirgan savollargha javob olishingiz mumkin.
(+998 71) 238 56 00;
238-56-26;
238-56-36.