"Xalqlar do'stligi" ko’krak nishoni ta'sis etildi

Vazirlar Mahkamasi mamlakatda millatlararo do'stlik muhitini rivojlantirish manfaati uchun turli sohalarda va barcha millatlar bilan mustahkam aloqalarni o'rnatishga hissa qo'shgan fuqarolar uchun yangi ko’krak nishonni ta'sis etdi.

Xususan, mukofotlar mahalliy va xorijiy davlat idoralari, tadbirkorlik subyektlarining notijorat tashkilotlari xodimlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, mamlakatimizda yashaydigan barcha millat va elatlar vakillari o'rtasidagi do’stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo'shgan chet eldagi vatandoshlarga beriladi. 

Har yili Vazirlar Mahkamasida mas'ul qo'mita eng munosib nomzodlar to'g'risida qaror qabul qiladi va 30 iyulda Xalqlar do'stligi kunida mukofotlaydi.

Ko'krak nishonini olganlarga 4 BRV (980 ming so'm) miqdorida bir martalik pul mukofoti to'lanadi, deb xabar beradi norma.uz.