Xazina topdingizmi? 50 foiz sizniki

Moddiy madaniy meros ob'ektlari bilan bog'liq narsalarni o'z ichiga olgan xazina topilgan taqdirda, ular davlat mulkiga o'tkazilishi kerak.
Shu bilan birga, xazina yashiringan yer uchastkasi yoki boshqa mulk egasi va xazinani topgan shaxs birgalikda xazina qiymatining 50 foizi miqdorida mukofot olish huquqiga ega. Agar ular o'rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, mukofot ushbu shaxslar o'rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.






