Xitoy 1000 km/soat tezlikka ega yer osti poyezdlarini ishga tushirmoqchi

Yuqori tezlikdagi yer osti transporti texnologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan Xitoyning giperloop loyihasining birinchi sinovi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ma’lum qilinishicha, sinovlar doirasida u har safar 210 metr masofani bosib o'tib, soatiga 50 km tezlikka erishgan.

Loyihaning yakuniy maqsadi yo‘lovchilar va yuklarni 1000 km/soat va undan ortiq tezlikda tashishdir. Xitoy loyihasi haqida ayni damda ko'p tavsilotlar ma'lum emas. Anig’i shuki, sinov jaerayonlari loyiha quruvchisi mudofaa pudratchisi Xitoy Aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan amalga oshirilgan.

O‘z navbatida, CASIC vakillari sinovlar davomida muhim komponentlar, jumladan, o‘ta o‘tkazuvchan magnitlar, kuchli elektr tizimlari, sun’iy intellekt xavfsizligini boshqarish tizimlari, simsiz aloqa qurilmalari va sensorlar rejaga muvofiq ishlaganini ma’lum qilgan.