Xitoy COVID-19 statistikasiga oid ma’lumotlarni e’lon qilishni to'xtatdi

Xitoy COVID-19 toʻgʻrisidagi kundalik maʼlumotlarni uning ishonchliligiga shubha tufayli eʼlon qilishni to’xtatdi. Qayd etilishicha, COVID cheklovlari yumshatilgandan keyin kasallanish holatlari sezilarli darajada ortgan.
Qayd etilishicha, Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bundan buyon statistika Xitoyning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi tomonidan e’lon qilinishini ma’lum qilgan.
Dekabr oyida rasmiy Pekin koronavirusga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirganidan keyin mamlakatda kasallanish holatlari keskin ko‘paygan.
O‘tgan hafta Britaniyaning Airfinity tadqiqot kompaniyasi Xitoyda kuniga millionga yaqin odam koronavirusga chalinayotgani va 5 ming kishi infeksiya qurboni bo‘layotganini ma’lum qilgandi.
Dekabr boshida ko‘plab hududlarda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari oqibatida mamlakatda umumiy PZR-test topshirish tizimi bekor qilingandi. Bundan tashqari, bir provinsiyadan ikkinchisiga o‘tishda ham majburiy PZR talabi bekor qilingan.






