Xitoy dushman sunʼiy yo'ldoshini egallab oladigan kiberqurol yaratmoqchi

Xitoy dushman davlatlarning sun'iy yo'ldoshlarini nazorat qilish imkonini beradigan hakerlik dasturini yaratmoqda. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sizdirilgan hisobotiga tayanib, “Financial Times” xabar tarqatdi.

Razvedka ma’lumotlariga koʻra, Xitoy urush vaqtida ma’lumot almashinuvi va aloqa vositalarini nazorat qilish imkoniyatini oshirmoqda. Moskva ham, Pekin ham so'nggi paytlarda sun'iy yo'ldoshlarni bloklash va boshqa yoʻnalishlarda ancha muvaffaqiyatga erishgan.

Bunday maʼlumotlar Xitoyning o'ziniki deb hisoblagan hudud — Tayvanga bostirib kirishi xavfi oshgani, Pekin va Vashington oʻrtasidagi savdo, geosiyosat sababli yuzaga kelgan keskinlik fonida sizib chiqmoqda.