Xitoy kompaniyasi O’zbekistonning uch viloyatda quyosh elektr stantsiyalari quradi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida 15-fevral kuni Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha “CEEC ENERGY CHINA” kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Ta’kidlanishicha, mazkur memorandum doirasida Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizga 2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi. Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo’lib, stansiyalar 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Natijada esa, yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.






