Xitoy mamlakatdagi deyarli har bir uyni «yashil» energiya bilan ta'minlagan

Bloomberg agentligi va Milliy energetika boshqarmasi (NEA) maʼlumotlariga tayanib xabar berilishicha, Xitoydagi shamol turbinalari va quyosh elektr stansiyalari mamlakatdagi deyarli barcha turar-joy binolarini quvvatlantirish uchun zarur boʻlgan elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Agentlik hisobotida qayd etilishicha, shamol va quyosh energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yili 21 foizga oshib, 1190 TVt/soatni tashkil etgan. Xuddi shu ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning umumiy uy-joy energiya iste'moli 1340 TVt soatni tashkil etgan, bu o'tgan yilga nisbatan 14% ga ko'p.
NEA hisobotida ekologik muammolarni hal qilish va qimmatbaho qazib olinadigan yoqilg'ilarga qaramlikni kamaytirish uchun ushbu yo'nalishdagi ko'p milliard dollarlik Xitoy sarmoyalari fonida mamlakatda qayta tiklanadigan energiyaning jadal o'sishi ta'kidlangan.
Faktlarga ko’ra, Xitoyda turar-joy binolari boshqa mamlakatlarga nisbatan mamlakat umumiy energiya iste'molining nisbatan kichik ulushini tashkil qiladi. Xalqaro energetika agentligi ma'lumotlarida, 2020-yilda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining atigi 17 foizi to'g'ridan-to'g'ri uy xo'jaliklari tomonidan ishlatilgani ko’rsatilgan.






