Xitoy Nike, H&M va Burberry kompaniyalariga boykot e’lon qildi

Xitoy Nike, H&M va Burberry kompaniyalariga boykot e’lon qildi

Xitoydagi Shinjon provinsiyasida uyg‘urlarni ta’qib qilishni tanqid qilib chiqgan hamda mahalliy paxtalarni sotib olishni rad etgan bir necha G‘arb brendlariga qarshi haqiqiy PR urushi boshlandi. evronews.comda qayd etilganidek, Nike va H&M larga qarshi boykot e’lon qilindi. Bir vaqtning o‘zida Shvetsiya kompaniyasining mahsulotlari bir nechta onlayn platformalardan g‘oyib bo‘ldi. “Tencent Games” giganti tomonidan Burberry bilan “Honor of Kings” uchun tasvirlarni yaratish bo‘yicha kelishuv bekor qilindi.

"Biz ba’zi chet elliklarga xitoyliklarning guruchini yeb, idishini sindirishga ruxsat berish niyatimiz yo‘q", - deb izoh berdi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Hua Chun’ing.
Davlat ommaviy axborot vositalari G‘arb kompaniyalarini "yolg‘onchilikda" aybladi va ularning harakatlarida "yashirin sabablar" borligini ta’kidlamoqda. Nike va H&M kompaniyasining bayonoti o‘tgan yili rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan edi, biroq Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Kanada va AQSh tomonidan inson huquqlari buzilishida ishtirok etgan bir qator xitoylik amaldorlarga nisbatan sanksiyalarni qo‘llaganidan keyin diqqat markazida bo‘ldi.