Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar o’tkazildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʼrinbosari А.Voitov Xitoy Xalq Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan bilan muzokaralar oʼtkazdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi oʼrtasidagi uchrashuv yakuni bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʼyicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Samimiy va doʼstona ruhda oʼtgan suhbat chogʼida ikki Davlat rahbarlari boshchiligida mamlakatlar oʼrtasidagi munosabatlar barcha ustuvor yoʼnalishlarda izchil mustahkamlanib borayotgani taʼkidlandi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport-logistika, bank va boshqa sohalarda hamkorlik rivojlanayotganligi alohida taʼkidlandi.
Tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil fevralь oyida Xitoyga tashrifi chogʼida imzolangan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning 2022-2026 yillarga moʼljallangan hukumatlararo dasturini amalga oshirish boʼyicha keyingi choralarni belgilab oldilar.
Xitoy tomoni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida 25-mart kuni “Sanoat kooperatsiyasi. Yangi imkoniyatlar” boʼyicha Oʼzbekiston-Xitoy forumini oʼtkazish tashabbusini qoʼllab-quvvatladi.






