Xitoyda 80 mingta elektromobil sotuviga chek qo’yildi

Tesla Xitoyda 80 mingta elektromobilni xavfsizlik kamari va dasturiy ta’minotida nuqson aniqlangani uchun bozordan chiqarib yubordi. Qayd etilishicha, nosozlik 70 mingta Model S va Model X hamda 10 mingta Model 3 modellarida aniqlangan.

Model S va Model X mashinalaridagi xatolik boshqaruv tizimi bilan bog‘liq bo‘lsa, Model 3 xavfsizlik kamari mustahkam emasligini ko‘rsatdi.

Kompaniya chaqirib olingan avtomobillar texnik jihatdan ko‘rib chiqilishi va nuqsonlar bartaraf etilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, haydovchilarni ogohlikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, bu ilk holat emas. Yaqinda ham Tesla xavfsizlik kamarida muammo aniqlangan 24 mingdan ortiq Model 3 elektromobillarini AQSH bozoridan qaytib olgan.