Xitoyda Davlat xavfsizlik vazirligining sobiq generali o‘limga hukm qilindi

Xitoyda Changchun oraliq xalq sudi Davlat xavfsizlik vazirligi partiya qoʻmitasining sobiq aʼzosi, sobiq general Lyu Yanpinga nisbatan 234 million yuandan (taxminan 34 million dollar) pora olganlikda ayblov keltirib, oshkora oʻlim jazosini chiqardi. Bu haqda seshanba kuni Xitoyning Thepaper nashri xabar berdi.
Sud 2001 yildan 2022 yilgacha Lyu Yanpin uchinchi shaxslarga biznes va turli ishlarni hal qilishda noqonuniy yordam berganini aniqladi.
Qayd etilishicha, sobiq amaldor ikki yil muddatga o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘ldi va tavba qildi.
«Ikki yillik muhlat oʻtgandan soʻng, oʻlim jazosi qonun hujjatlariga muvofiq, jazoni yengillashtirish yoki shartli ravishda ozod qilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkin», — deyiladi bayonotda.
Sud qaroriga muvofiq, Lyu Yanpin shuningdek barcha shaxsiy mulkini musodara qilishga hukm qilindi.
Avvalroq, 2022-yil sentabrida Changchun shahar sudi Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vazirining sobiq o‘rinbosari Sun Liszyunni o‘limga hukm qilgan edi. U pora olish, qimmatli qog'ozlar bozorini manipulyatsiya qilish va noqonuniy qurol saqlashda ayblangan.






