Xitoyda favqulodda foydalanish uchun O'zbekiston-Xitoy vaksinasi tasdiqlandi

Xitoyda yangi turdagi koronavirusga qarshi rekombinant vaksina (CHO hujayralari) favqulodda foydalanish uchun tasdiqlandi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vaksina Xitoy Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd. Kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi.

Vaksina bo'yicha tadqiqotlar 2020 yil boshida boshlandi va natijalar «Cell» xalqaro jurnalida e'lon qilindi. 2020 yil oktyabr oyida vaksinaning I va II bosqich sinovlari yakunlandi.

Bu Xitoy Xalq Respublikasida favqulodda foydalanish uchun ishlab chiqilgan va tasdiqlangan to'rtinchi koronavirus vaksinasidir.
2020 yil noyabr oyida Xitoy, O'zbekiston, Pokiston, Ekvador va Indoneziyada vaksinaning III bosqich klinik sinovlari boshlandi. III bosqich klinik sinovlari muvaffaqiyatli o'tdi va bu tadqiqotni birinchilardan bo'lib boshlagan O'zbekistonda vaksinaning jiddiy nojo'ya ta'siri aniqlanmadi.

Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan rekombinant vaksinaning III bosqich sinovlari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sog'liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xitoy tomoni ushbu vaksinani tadqiq etishda faol ishtirok etganligi uchun O'zbekistonni hammuallif sifatida qabul qilganligini e'lon qildi. Vaksina O'zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan ro'yxatdan o'tkazildi.