Xitoyda haydovchisiz boshqariladigan taksilar faoliyati yo’lga qo’yiladi

Ma’lumotlarga ko’ra, Xitoyda haydovchisiz boshqariladigan taksilar harakati yo’lga qo’yilmoqda. Ammo, taksilarning dastlabki harakatlanishi xavfsizlik uchun kameralar orqali kuzatilishi aytilmoqda.
"Baidu" kompaniyasining Apollo 5-avlod deb nomlangan boshqaruvsiz avtomobilga ikkita ruxsatnoma berilgan. Unga ko‘ra, taksi Uxanda ertalab soat 09:00 dan 17:00 gacha 13 kvadrat kilometr maydonda, Chunsin shahrining Yunchuan tumanida 30 kvadrat kilometr maydonda 9:30 dan 17:30 gacha haydovchisiz sayohatlar uchun haq olishi mumkin.
Har bir zonada beshta Apollo-5 avtomobillari ishlaydi, agar transport vositalari har qanday qiyin vaziyatga tushib qolsa, masofaviy haydovchilar ularni boshqarishga kirishadi. Taksilarning dastlabki harakatlanishi kameralar orqali diqqat bilan kuzatiladi.
Shuningdek, bir muddat avval, "Baidu" kompaniyasi 6-avlod to‘liq avtonom avtomobilini taqdim etgan. Apollo RT6ning narxi 250 000 yuanni (37 095 dollar) tashkil etadi va u 2023-yildan ishlab chiqariladi.






