Xitoyda Osiyodagi birinchi va dunyoda yuk tashishga ixtisoslashgan to‘rtinchi aeroport ochildi

23 ming kvadrat metr yuk terminali, qariyb 700 ming kvadrat metrlik yuk tranzit markazi, 124 avtoturargoh va ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi bilan jihozlangan yangi Echjou Xuaxu aeroporti havo yuklarini tashish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.

Boeing 767-300 yuk samolyoti yakshanba kuni soat 11:36 da Markaziy Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Echjou Xuaxu aeroportidan havoga ko‘tarildi. Bu Xitoyning birinchi ixtisoslashtirilgan yuk aeroporti rasmiy ish boshlaganini nishonladi.

Aeroport yuk reyslaridan tashqari yo‘lovchi reyslariga ham xizmat ko‘rsatadi. 2025-yilga borib aeroportda 10 ta xalqaro yuk va 50 ta ichki yo‘nalishlar ochilishi, yuk va pochta jo‘natmalarini o‘tkazish hajmi 2,45 million tonnaga yetishi ko‘zda tutilgan.