Xitoyda «o’zga sayyoralik» ilmiy fantastika muzeyi qurilmoqda

Mashhur “Zaha Hadid Architects” arxitektura firmasiga Xitoyda ilmiy fantastika muzeyi qurish topshirildi. Loyihaga ko'ra, muzeyning ichki maydoni 59 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. U ko'rgazma maydoni, konferensiya zallari, tadbir maydonlari, galereyalar, teatrlar, shuningdek, xizmat ko'rsatish zonalari va katta markaziy atriumni o'z ichiga oladi.
Kelajakdagi binoning kontseptual dizayni o'z nomiga mos keladi - "oqadigan" tom shakllari, portallar va energiya maydonlari butun dunyodan tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi kerak.
Shuningdek, muzeyda mahalliy o'simliklar va daraxtlardan iborat landshaft dizayni amalga oshiriladi. Yomg'ir suvini yig'ish tizimi ko'l bilan birlashtiriladi va Chengdudagi suv toshqini oldini olish tizimining ajralmas qismiga aylanadi.
Katta panoramali derazalar kunduzgi yorug'likning maksimal kirishini ta'minlaydi va tabiiy shamollatish minimal energiya sarfi bilan qulay haroratni saqlaydi. Muzeyning syurreal tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.






