Xitoyda parranda grippidan ilk o‘lim qayd etildi

Xitoyda H3N8 virusidan ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, marhuma — Guandun provinsiyasida yashovchi 56 yoshli ayol boʻlgan. U pnevmoniya alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilib, H3N8 ni yuqtirgani aniqlangan.
Ko‘rsatilgan tegishli muolajalarga qaramay, bemor ikki hafta o‘tgach, shu yerda hayotdan ko‘z yumgan. Aniqlanishicha, ayol parranda grippini bozorda yuqtirib olgan.
Epidemiologlarga koʻra, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok bo‘lgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.






