Xitoyda yuqori harorat davomiyligi bo‘yicha 61 yillik rekord o‘rnatildi

Xitoyning bir qator mintaqalarida g‘ayritabiiy issiq ob-havo va o‘ta yuqori harorat davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bu esa mamlakatda 1961-yildan buyon muntazam meteorologik kuzatuvlar olib borilayotgan butun davr uchun rekord hisoblanadi.

Qayd etilishicha, 15-avgust holatiga ko‘ra, g‘ayritabiiy issiq ketma-ket 64 kun davom etmoqda, avvalgi rekord 2013-yilda 62 kun davom etgan. Meteorologlarning ma’lumotlari 35 darajadan yuqori haroratni qayd etgan 1680 ta meteorologik stansiya va 37 darajadan yuqori haroratni aniqlagan 1426 ta stansiya ma’lumotlariga asoslanadi.