Xitoylik tadbirkor bir kunda milliarderga aylandi

Xitoyning “U Power” elektromobil startapining asoschisi va bosh ijrochi direktori Li Jia jahon milliarderlari qatoriga qo‘shildi.

U asos solgan kompaniya aksiyalaring narxi “Nasdaq” moliya bozoridagi debyut kun mobaynida dramatik tarzda 620 foizga o‘sdi. Kompaniya aksiya narxi 6 dollar bilan boshlanib, 75 dollargacha koʻtarildi va savdo kuni yakunida 43,18 dollar bilan yopildi. Kechki savdolarda esa aksiya yana 21 foizga ya’ni 34 dollarga tushdi.

Savdo yakunlariga koʻra, kompaniyaning 73 foiz ulushiga egalik qiluvchi Li Jianing boyligi 1,3 milliard dollarga yetdi.

Maʼlumot uchun, “U Power” akkumulyatorlarni almashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bir qatorda avtomobil ulgurji sotuvchilari va xaridorlari oʻrtasida vositachilik ham qiluvchi kompaniya hisoblanadi.