Xitoyning Geely avtomobil ishlab chiqaruvchisi smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

 
Xitoyning Geely avtomobilsozlik kompaniyasi yuqori sifatli smartfonlar ishlab chiqaradigan yangi kompaniyani tashkil qildi. U Apple, Samsung va Xiaomi bilan raqobatlashishni oldiga maqsad qildi.
 
CNBC ma'lumotlariga ko‘ra, Geely Holding asoschisi Erik Li Uxandagi iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi bilan strategik hamkorlik shartnomasini imzolagan yangi Hubei Xingji Shidai Technology kompaniyasini yaratdi.
 
Kompaniya Uxanda joylashib, "butun dunyo iste'molchilari uchun yuqori darajadagi aqlli qurilmalar, shu jumladan, smartfonlarni ishlab chiqish uchun global texnologiyalar va resurslarni birlashtirishga e'tibor qaratadi", - dedi Gili.