XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda xorijiy faxriy mehmonlar Takeshi Kitano va Kshishtof Zanussi maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Ijodkorlar "Jahon kinematografiyasiga qo’shgan hissasi uchun" nominasiyasida sovrindor deb topildi.

Shuningdek kinofestival doirasida o’tkazilgan "Kino 5 kunda" xalqaro tanlovi g’oliblari kinofestivalning yopilish marosimida e’lon qilindi.

Unga ko’ra:

1-o’rin: Temur Murodov boshchiligidagi ijodiy guruh "Kaseta" qisqa metrajli filmi uchun 15 ming AQSh dollari pul mukofoti (O’zbekiston)

2-o’rin: Nariman Taktakulova va uning ijodiy jamoasi "Tuproq" qisqa metrajli filmi uchun 10 ming AQSh dollari pul mukofoti (Qirg’iziston)

3-o’rin: Feliks Kalmenson va uning ijodiy jamoasi "Quyosh uchun qo’shiq" filmi uchun 7 ming AQSh dollari pul mukofoti (Kanada).

Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, tanlov dasturida 1500 nafardan ortiq yosh kinoijodkorlar hamda, dunyoning 19 yetakchi kino maktabi vakillari ishtirok etdi.