Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagan amaldorlar ishi qayta ko‘riladi

Xorazmda oilaviy mehribonlik uyi qizlarini zo‘rlagan amaldorlarning ishi appelyatsiya instansiya sudida yangitdan ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A.M. va A.Q. ga oid qismini bekor qilgan. Ushbu ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangitdan appellyatsiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilangan.