Xorazmga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Urganchdagi faollar yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov yangi viloyat hokimi v.b. Raximovni tanishtirishdi.

Bu haqda Bright Uzbekistan manbaasi xabar bermoqda.

Jo‘rabek Rahimov bungacha Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Jo‘rabek Rahimov 1981 yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi hisoblanadi.

Bundan oldin O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi.