Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 15 497 tani tashkil etdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yil 1-dekabr holatiga koʼra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etgan. 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.
Soʼngi yillarda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalarning soni:
2018-yilda – 7 371 ta;
2019-yilda – 10 229 ta;
2020-yilda – 11 620 ta;
2021-yilda – 13 108 ta;
2022-yilda – 15 497 ta.






