Xorvatiya elchisi hamda xorvatiyalik futbol mutaxassislari bilan O'FAda uchrashuv bo'lib o'tdi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsyasida tashkilotning birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Xorvatiya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Refik Shabanovich, shuningdek, xorvatiyalik futbol mutaxassislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov Xorvatiya futbolining dunyoda tutgan oʻrni, ushbu yurtning jahon arenalardagi yutuqlari, taniqli futbolchilari va akademiyalarining ulkan tajribasi haqida alohida toʻxtalib o‘tdi.
Elchi janoblari ham Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekistonda sportga, xususan, futbolga eʼtibor yuqori darajada ekanligini eʼtirof etdi. Ayniqsa, bolalar futbolini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga ijobiy baho berdi. Yosh futbolchilarni tayyorlashning maxsus tizimlari, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik borasidagi Xorvatiya tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Xorvatiyalik mehmonlar Oʻzbekistondagi futbol akademiyalarining tarbiyalanuvchilarini Zagreb shahrida muntazam ravishda oʻtkaziladigan yoshlar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalarga taklif etdi.






