XVJ Qozog'iston iqtisodiy o'sish bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlariga, xususan, O'zbekistonga o’z o’rnini bo’shatib berishi mumkinligini taxmin qilmoqda

Xalqaro valyuta jamg'armasining (XVJ) "Jahon iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari" hisobotiga ko'ra, jahon iqtisodiyotining real YaIM 3,3% ga qisqardi, ammo prognozlarga ko'ra joriy yil o'sish 6% ga va 2022 yilda esa 4,4% ga yetishi mumkin.

Markaziy Osiyo (MO) mamlakatlari orasida 2026 yilga mo'ljallangan YaIMning eng yuqori real o'sishi - O'zbekistonga (5,5%), undan keyin Qozog'istonga (4,4%), Qirg'iziston, Tojikistonga (har biri 4% dan) va Turkmanistonga (3,7%) taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga, joriy yilda MO mamlakatlari orasida YaIMning eng kichik real o'sishi Qozog'istonda (3,2%) kutilmoqda, eng yuqori ko'rsatkich esa Qirg'izistonda (6%), undan keyin O'zbekistonda (5%), Tojikistonda (5%) va Turkmanistonda (4,6%) bo’lishi kutilmoqda.

2022 yilda O'zbekistonda (5,3% gacha) va Qozog'istonda (4% gacha) yalpi ichki mahsulotning o'sishi prognoz qilinmoqda. Qolgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida, XVJ prognoziga ko'ra, iqtisodiy o'sish, aksincha, sekinlashadi.

2020 yilda O'zbekistonda YaIMning real o'sishi 1,6 foizni tashkil etdi (eslatib o’tamiz, Qozog'iston ko'rsatkichlari manfiy son bilan belgilangan).

Qozog'iston YaIMning tarmoq tarkibida xizmatlar ko'rsatilishi ustunlik qildi: 2020 yil yanvar-dekabr oylarida 55,8%. Ularning hajmi real ko'rinishda 2019 yilga nisbatan 5,6 foizga kamaydi. Sanoatning YaIMdagi ulushi 27% (0,4% ayrildi), qurilish - 6,1% (11,2% qo’shildi), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi - 5,3% (5,6% qo’shildi).

O'zbekistonda YaIMning tarmoq tarkibida 2020 yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlarning ulushi uchdan bir qismidan bir oz ko'proqni tashkil qildi, shu bilan birga real xizmatlar sohasi 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,1 foizga musbatda edi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 26,3% (0,7% qo’shildi), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi - 26,1% (3% qo’shildi), qurilish - 6,5% (9,2% qo’shildi) ni tashkil etdi.