«Yagona davlat nazorati» tizimida ro'yxatga olinmagan tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar noqonuniy hisoblanadi

“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatga olinadi (ro'yxatga olinmagan tekshiruvlarni o'tkazish noqonuniy hisoblanadi);
tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to'g'risida ma'lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.
“Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o'tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

Tadbirkorlarning ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo'yicha qayta tekshiruv o'tkazish va avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish mumkin emas.