Yamayka rasmiylari mamlakatni respublika deb e'lon qilmoqchi

The Gleaner nashri xabar berishicha, Yamayka rahbariyati Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni Karib dengizi davlati rahbari maqomidan mahrum qilib, qonunchilikka oʼzgartirish kiritmoqchi.

Uning soʼzlariga koʼra, bosh vazir Endryu Xolness bu niyatini Yamaykaga rasmiy tashrif bilan kelgan qirolichaning nabirasi Kembrij gertsogi Uilyam bilan uchrashuvda maʼlum qilgan. «Biz olgʼa intilyapmiz va mustaqil, rivojlangan va farovon davlat sifatidagi asl ambitsiyalarimizni imkon qadar tezroq roʼyobga chiqarish niyatidamiz», — dedi bosh vazir.

Qirollik oilasi aʼzosining tashrifi mustamlakachilikka qarshi noroziliklarni keltirib chiqardi, uning ishtirokchilari Buyuk Britaniyadan qullik uchun tovon toʼlashni va Yamaykani respublikaga aylantirishni tezlashtirishni talab qilishdi.