Yana 10 ta Prezident maktablari ochilishi rejalashtirilmoqda

Prezident maktablariga kirish imtihonlari sanalari e‘lon qilindi, deya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi mutasaddilari habar bermoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 4 ta Prezident maktabi mavjud va yana 10 ta yangi muassasa ochilishga tayyorlanmoqda. Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz va Nurafshon viloyatlarida maktablar ochilishi rejalashtirildi.

Tanlov 10 ta viloyataro 5-9-sinf o‘quvchilari, shuningdek, 4 ta maktabning 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Hujjatlar bu yil onlayn tarzda topshiriladi. Demak, ariza beruvchi hujjatlarni onlayn platforma orqali 5-iyundan 25-iyungacha to‘ldirishi kerak.

Kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi:

20-25-iyul kunlari saralash bosqichi;

20-23-avgust kunlari yakuniy imtihonlar.