Yangi Adliya vaziri tayinlandi

Prezident farmoni bilan Toshkent yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Toshqulov Akbar Jo‘raboyevich Adliya vaziri etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Vazirlar Mahkamasi.
Akbar Toshqulov 1971 yilda tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo'yicha - advokat, birinchi darajali adliya maslahatchisi.
2017-2021-yillarda Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan, ungacha esa Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2015-yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan huquqshunos» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Avallroq ushbu lavozimda bugungi kungacha faoliyat yuritgan Ruslanbek Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʼyicha maslahatchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.






