Yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn ariza orqali olish mumkin

Endilikda haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisini olish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish imkoniyati tug''ildi.
Qolaversa haydovchilik guvohnomasini olish uchun qilinadigan to'lovlar ham elektron tarzda amalga oshiriladi. Ariza topshirgach davlat xizmatlar markaziga Fuqarolik pasporti, Eski haydovchilik guvohnomasi va talon hamda to'lov qilinganligi to'g'risidagi qog'ozlarni olib borish kerak bo'ladi.






