Yangi Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo'llagan murоjaatnomasida ma'lum qildi.
Davlat rahbari mazmuni “inson qadrini ulug‘lash” ruhi bilan boyitilgan, kelajak avlodlarga munosib xizmat qiladigan, Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerakligini qo'shimcha qildi.
«Fuqarolarimiz bildirgan barcha taklif va istaklar albatta inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi», - dedi Prezident.






