Yangi O’zbekiston va Turkiy kengash: islohotlar taraqqiyot kafolati sifatida

Turkiy kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyevning Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

Uchrashuv chog’ida so’nggi yillarda Turkiy kengashga a’zo mamlakatlarning barcha darajalarda rivojlanishning faol dinamikasi kuzatilayotganligi ta’kidlandi. Tomonlar savdo va iqtisodiyot, moliya, investitsiyalar va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Tashkilotga yangi a’zolarning qo’shilishi masalalarini muhokama qilishdi. Shu munosabat bilan, davlat va Kengash doirasida ko’p tomonli hamkorlikdagi mavjud to’siqlarni olib tashlash va uni yanada yuqori darajaga ko’tarishga qaratilgan islohotlar muhimligi ta’kidlab o’tildi.

Eslatib o’tamiz, hozirgi vaqtda Turkiy kengash tarkibiga O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Turkiya kiradi. Potensial a’zolar: Vengriya.

Mamlakatimiz va Turkiy kengash tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash davlatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.