Yangi O'zbekiston - yangi rennesans sari!

17- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Oliy va o‘rta mazsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand davlat universiteti hamkorligida, Samarqand shahri, Registon maydoni, Ulug‘bek madrasasida “Yangi O‘zbekiston — yangi renessans sari!” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, ilm-fan, san’at va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar, milliy qadriyatlar va an’analarni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishning ilmiy-amaliy masalalari akademiklar, olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida muhokama qilinadi.






