“Yangi Oʼzbekistonning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Yangi Oʼzbekistonning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya Oliy Majlis Senati, Yoshlar ishlari agentligi, Oʼzbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Unda taniqli olimlar, davlat va xususiy sektor, xalqaro agentliklar, idoralar va tahlil markazlari vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Konferensiyada Oʼzbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlar, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda islohotlarning ahamiyatini muhokama qilindi.
Bundan tashqari bilim va tajriba, ilmiy tadqiqotlar va rivojlanish strategiyalari natijalarini almashish hamda oʼzaro hamkorlik uchun yoʼl xaritalari belgilab olindi.
Konferensiyada yoshlarning “Yoshlar soʼzlari bilan aytganda milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish: ijtimoiy va innovatsion loyihalar” mavzusida taqdimotlari boʼlib oʼtdi.






