Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik

Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan halqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro forumi tashkil etildi.

24 noyabr kuni forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida yuqori martabali mehmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda, jumladan Global ta’limda mavjud muammolar va ularning yechimi: xorij tajribasi va integratsiya mavzusi, xususan
- Zamonaviy mehnat bozori talablariga muvofiq ta’lim berishning aosiy omillari;
- Iqtidorli yoshlar uchun sifatli ta’lim sharoitlari yaratish;
- Global miqyosdagi ta’limiy yangiliklarni mahalliy sharoitda joriy etish;
- Kunning ikkinchi yarmida, shuningdek Agentlik tomonidan Hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan tashkilot va elchixonalar bilan memorandum imzolandi.

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
- global ta’limni rivojlantirish,
- o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqish,
- o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qilish,
- qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish xamda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish,
- o‘qituvchilar malakasini oshirish,
- o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish,
- yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratishdan iborat.