Yangi Zelandiya ikki yillik muddatdan so’ng chegaralarini ochmoqda

Yangi Zelandiya o'z chegaralarini bosqichma-bosqich ochishni e'lon qildi. Mamlakat dunyodagi eng qattiq COVID-19 cheklovlari joriy etilgan mamlakatlardan biri edi.

“Avstraliyada emlangan fuqarolar 27 - fevraldan uylariga qaytishlari mumkin. Boshqa davlatlarda vaksina olgan shaxslarga esa 13 - martdan boshlab mamlakatga kirishga ruxsat beriladi”, dedi bosh vazir Jasinda Ardern.

Hali hamon 10 kun davomida izolyatsiyalash muddati saqlanib qolinmoqda, ammo majburiy davlat karantin dasturi bekor qilinadi.

O'sha davrda besh million aholisi bo'lgan mamlakatda 53 ta o'lim va 17,000 ga yaqin COVID-19 holatlari qayd etilgan. Bu dunyoning qolgan davlatlariga nisbatan juda past ko'rsatkich.

"Biz to'ylar va dafn marosimlari kabi ko'plab muhim voqealarni o'tkazib yubordik. Lekin hamma narsadan ko'ra oila va do'stlarimizni sog'indik", dedi Singapurda yashovchi Yangi Zelandiyalik Jo Mulkar.