Yangi Zelandiyada sayyohlar uchun soliq va ekskursiya xarajatlari oshirilmoqda

COVID-19 pandemiyasi tugaganidan so'ng Yangi Zelandiyaning turizm sohasi "tub o'zgarishlarga" muhtoj, dedi turizm vaziri Styuart Nesh. Uning so'zlari Stuff tomonidan yetkazildi. U pandemiya sababli sayyohlik oqimining to'xtatilishi ushbu sohani sinchkovlik bilan o'rganishga va ko'p yillik muammolarga e'tibor qaratishga imkon berganligini ta'kidladi.

"O'ylaymanki, aksariyat yangi zelandiyaliklar COVID-19dan oldin turizmga nisbatan beqaror yondashuv jamiyatga va bizning diqqatga sazovor joylarimizga ortiqcha bosim o'tkazganligini ta’kidlashadi", deydi Nesh. Uning so’zlariga ko'ra, mamlakat pandemiyadan oldin mavjud bo'lgan turizm sohasi modeliga qayta olmaydi.