Yangi Zelandiyada tamaki iste’molini keyingi avlod uchun taqiqlovchi dunyodagi birinchi qonun qabul qilindi

Qonun loyihasi 2009-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan shaxslarga tamaki sotishni to‘liq taqiqlashni taklif qiladi. Shuningdek, qayd etilishicha mamlakatda tamakiga qarshi qo'shimcha qoidalar joriy etilmoqda. Jumladan, kompaniyalar tamaki mahsulotlaridagi nikotin miqdorini kamaytirishi va savdo nuqtalarining soni ham qisqarishi kerak.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda tamaki mahsulotlari sotiladigan do'konlar sonini 10 barobarga - 6000 dan 600 tagacha qisqartirish kerakligi ta’kidlangan.

Qayd etilishicham, mamlakat parlamenti tamakiga qarshi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qilgan; u 2023-yilda kuchga kirishi kerak. Bu Yangi Zelandiya hukumatining 2025-yilga kelib mamlakatni chekishdan butunlay holi qilish yo'lidagi yana bir qadami sanaladi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Yangi Zelandiyada chekuvchilar soni 8% ni tashkil qiladi. Bu hisob-kitoblar boshlanganidan buyon eng past ko'rsatkichdir.