Yaponiya “Angry Birds” o‘yini ishlab chiqaruvchisini sotib olishi mumkin

Yaponiyaning “Sega” kompaniyasi “Angry Birds” o'yini ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Finlandiyaning “Rovio Entertainment” kompaniyasini 1 mlrd dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashrga ko'ra, agar muzokaralar buzilmasa yoki cho'zilmasa, “Sega” “Rovio Entertainment”ni sotib olish bo'yicha kelishuvni kelasi hafta boshidayoq tuzishi mumkin.
Finlyandiya kompaniyasi muzokaralar bo‘lib o‘tganini tasdiqladi va ehtimoliy tender taklifi qachon taqdim etilishi yoki umuman bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, shuningdek, bunday ehtimoliy tender taklifining shartlari haqida hech qanday aniqlik yo‘qligini aytdi.
Xelsinkida sotiladigan “Rovio” aksiyalari juma kungi savdolarda 1,11 foizga qimmatlab 7,78 evro bilan yopildi va natijada studiyaning bahosi 645 million yevroga (709 million dollar) yetdi. 2023-yil boshidan buyon kompaniya qimmatli qog‘ozlari 28 foizga o‘sdi.






