Yaponiya Bosh vazirining nutqi arafasida portlash sodir boʻldi

Bugun Yaponiya g‘arbidagi Vakayamada mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisidaning ommaviy nutqi maydoni yaqinida kuchli portlash ovozi eshitildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat rahbari evakuatsiya qilingan va Vakayama politsiya departamentiga olib ketilgan, uning hayoti xavf ostida emas.
Kisidaning nutqi oldidan noma’lum shaxs bombasi yoki mash’alga o‘xshash buyumni uloqtirgan va u portlagan. U xavfsizlik xodimlari tomonidan ushlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Kisida birozdan soʻng qaytib kelib, nutqni davom ettirdi va chiqishi chog'ida portlash oqibatida yuzaga kelgan bezovtalik uchun mahalliy aholidan uzr so'radi.
“Bo‘lgan voqea sizga juda ko‘p tashvish va noqulayliklar tug‘dirdi, buning uchun sizdan kechirim so‘rayman”, degan Bosh vazir.






