Yaponiya hukumati mamlakatga tegishli orollar sonini ikki barobarga oshirdi

Kyudo axborot agentligi xabariga ko’ra, Yaponiyada mamlakatga tegishli orollar soni ikki barobarga oshgan. 35 yil ichida ilk bor o’tkazilgan mahalliy akvatoriyani o’rganish natijalariga ko’ra Yaponiyadagi orollar soni 6 852 tadan 14 125 tagacha ko’paygan.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot Yaponiya xaritasining o’tgan yili rasmiylar tomonidan tasdiqlangan elektron versiyasini avtomatlashtirilgan o’rganish asosida olib borilgan. Olingan ma’lumotlar o'tmishdagi aerofotosuratlar bilan taqqoslangan. Yakuniy ro’yxatga diametri 100 metrdan oshgan orollar kiritilgan.