Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga «Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni»ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.

An’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.

Qayd etilishicha, Aziz Abduhakimovning «Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni» bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi.

Ma'lumot o'rnida, ushbu orden 1875-yildan beri berib kelinayotgan bo’lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va «Chiqayotgan Quyosh Ordeni»ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.